Shirin shahrida «Direktor kubogi» 2-bosqichi doirasida texnikumlar xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi bo‘yicha viloyat musobaqasida Sirdaryo tumani texnikumi xodimlari munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egallashdi! 🥉✨
Qizlar va yigitlar o‘rtasidagi murosasiz bellashuvlarda yuqori sport mahoratini ko‘rsatib, diplom va sovrinlar bilan taqdirlangan fidoyi xodimlarimiz:
👩‍🏫 Bavatova F.
👨‍🏫 Abduraufjanov A.
👨‍🏫 Doniyorov O‘.
Bilim yurtimiz sha’nini viloyat miqyosida munosib himoya qilganingiz uchun tashakkur! Sizlarga mustahkam sog‘liq va kelgusi sport musobaqalarida yanada yuqori zafarlar tilaymiz! 🚀🥇
👏 G‘alabalar bardavom bo‘lsin! 💐

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *