🗓 29-sentabr kuni Kasbiy ta’lim agentligining 2026-yil 7-maydagi 52-son buyrug‘iga asosan Sirdaryo tuman texnikumida “Kasbiy ta’lim tashkilotlarida Germaniya standartlarini joriy etish tajribasi” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
💡 Seminar davomida:
🔹 Germaniya ta’lim standartlarini kasbiy ta’lim jarayoniga tatbiq etish;
🔹 Ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
🔹 Ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish;
🔹 Ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilarga ushbu ilg‘or tajribalarni texnikum faoliyatida samarali qo‘llash bo‘yicha tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.
