Joriy yilning 25 sentyabr kuni Sirdaryo tuman texnikumda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash va bilim darajasini oshirish maqsadida navbatdagi qizg‘in “Zakovat” o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvda “Avtoservis” 3-26 guruh hamda “Traktor va agrotexnikalar mashinisti”6-26 guruh yo‘nalishlari jamoalari kuch sinashdilar. Murosasiz kechgan savol-javoblar yakuniga ko‘ra, yuqori bilimi va chaqqonligi bilan “Avtoservis” yo‘nalishi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi! 🏆🎉
G‘olib jamoani samimiy muborakbod etamiz va har ikki guruhga faol ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz!
