Joriy yilning 2-oktabr kuni texnikumda «Oq yo‘l» MFY profilaktika inspektori, katta leytenant S. Ismoilov hamda «Intilish» MFY profilaktika inspektori, leytenant J. Ummatovlar ijrosida o‘quvchilar bilan profilaktik suhbat tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga kiberxavfsizlik qoidalari, tarmoqdagi firibgarliklardan saqlanish va «APK Qo‘riqchi» tizimining imkoniyatlari atroflicha tushuntirib berildi.
