🏫 Joriy yilning 21 sentyabr kuni Sirdaryo tuman texnikumida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida navbatdagi “Kelajak soati” dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
📌 Mavzu: “Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyat”
✨ Dars jarayonida o‘quvchilarga jamiyatda o‘zini tutish madaniyati, ijtimoiy mas’uliyat, o‘zaro hurmat va odob-axloq qoidalarining inson hayotidagi o‘rni haqida atroflicha tushunchalar berildi.
✍️ Mashg‘ulot davomida o‘quvchi-yoshlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, muhim qoidalarni daftarlariga belgilab borishdi hamda o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon etishdi.
