Joriy yilning 18-sentabr kuni Sirdaryo tuman texnikumida yoshlarning mantiqiy fikrlash doirasi va bilimlari darajasini sinovdan o‘tkazish maqsadida navbatdagi shiddatli “Zakovat” intellektual o‘yini tashkillashtirildi.
O‘yinda “Kompyuter tarmoqlari” (1-26 guruh) hamda “Avtoservis” (2-26 guruh) jamoalari o‘zaro bilim poygasida kuch sinashdilar. Qizg‘in va murosa vaqtsiz kechgan savol-javoblar yakuniga ko‘ra, jamoalar quyidagicha natijalarni qayd etishdi:
💻 Kompyuter tarmoqlari yo‘nalishi — 8 ball 🏆
🚗 Avtoservis yo‘nalishi — 4 ball
Bilimlar bellashuvida yuqori natija ko‘rsatib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Kompyuter tarmoqlari” guruhi talabalarini samimiy muborakbod etamiz! Har ikki jamoaga ham faol ishtirok va intellektual salohiyat uchun minnatdorchilik bildiramiz.

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *