⚡️Joriy yilning 8-sentabr kuni Sirdaryo tuman texnikumida o‘quvchi-qizlar ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🟢Yig‘ilishda texnikumning ichki tartib-qoidalari, odob-ahloq me’yorlari hamda kiyinish madaniyati masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tadbirda texnikum psixologi M. O‘roqboyeva hamda oʻqituvchi Sh. Maxramova so‘zga chiqib, ta’lim maskanida tartib-intizomga rioya qilish, milliy va zamonaviy kiyinish me’yorlariga amal qilish, ruhiy salomatlik va o‘zaro muomala madaniyati haqida to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, texnikum obro‘-e’tiborini baland tutish har bir o‘quvchi-qizning burchi ekani ta’kidlandi.
🟢Uchrashuv yakunida o‘quvchi-qizlarni qiziqtirgan savollarga aniq javoblar berildi .
