✈2026 yil​ 7-mart kuni texnikumimizda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
​🎤 Tadbirni texnikum direktori Raxmanov Husniddin Davriyevich ochib berib, jamoamizdagi barcha ayollarni  va qizlarni samimiy muborakbod etdi. Ayolning jamiyatdagi o‘rni va ta’lim sohasidagi mehnatlarini alohida e’tirof etdi.
​✨ Bayram dasturini H.Roziqov hamda M.Shakarovlar yuqori kayfiyatda olib bordilar.
​🎁 Tadbir davomida texnikumning barcha erkak o‘qituvchilari hamkasblariga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdilar. Bayram munosabati bilan ayol ustozlarimizga  va hodimlarimizga esdalik sovg‘alari topshirildi.
🌸​Barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimizni bahoriy ayyom bilan yana bir bor tabriklaymiz!

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *