🏆 Chempionimiz munosib kutib olindi!
Qirgʻizistonda oʻtgan Osiyo Kubogida oltin medal va chempionlik kamarini qoʻlga kiritgan Sirdaryo tuman texnikumi oʻquvchisi Shavkatova Dilnura bugun texnikumda olqishlar ostida tantanali kutib olindi! 🇺🇿✨
Tadbirda hayajonli va g’ururli lahzalar ko’p bo’ldi:
➡️Harbiylar tashrifi:Sharafli kutib olish marosimida Sirdaryo tuman harbiy qism askarlari ham ishtirok etib, chempionimizga oʻzlarining yuksak hurmat va ehtiromlarini koʻrsatishdi.
➡️Texnikum direktori Raxmanov H.D.soʻzga chiqib, Dilnurani va uning onasini gʻalaba bilan chin qalbdan muborakbod etdi.
➡️Tuman hokimligi masʼul xodimi R.Toʻychiyev** chempionni tabriklab, uni oromgohda oʻtadigan maxsus bayram tadbiriga taklif qildi.
Tadbir davomida qahramon qizimizning onasiga texnikum maʼmuriyati nomidan alohida tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.
