Sirdaryo tumani bandlikka ko’maklashish bo’limi hamda Sirdaryo tuman texnikumi hamkorligida uyushmagan yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida «Kompyuter grafikasi» yo’nalishi bo’yicha qisqa muddatli o’quv kurslari o’tkazildi.
Mashg’ulotlar ikki oqimda tashkil etilib, yoshlar zamonaviy soha sirlarini puxta egallashdi:
📅 1-oqim: 15.04.2026-yil
📅 2-oqim: 27.07.2026-yil
🎓 O’quv jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan barcha tinglovchilarga maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Ushbu sertifikatlar yoshlarning kelgusida o’zini o’zi band qilishi va daromad manbaiga ega bo’lishiga xizmat qiladi.
