15 iyul kuni Sirdaryo tuman texnikumida quvonchli va unutilmas kun! Texnikumimizni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarimizga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. 🌟
Ustozlar va rahbariyat yoshlarni ushbu hayotiy muvaffaqiyat bilan qutlab, ularga kelajak yo‘llarida faqat va faqat zafarlar tilashdi.
💼 Zamonaviy kasb sirlarini mukammal o‘rganib, dual ta’lim tizimi va ishlab chiqarish amaliyoti orqali o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishgan yoshlarimiz — ertangi kunimizning haqiqiy bunyodkorlaridir!
