📍 Sirdaryo tuman texnikumi hamda tumanda joylashgan harbiy qism hamkorligida yurtimiz posbonlari uchun maxsus oʻquv-amaliyot darslari tashkil etildi.
🌱 Vatanimiz himoyachilari ayni kunlarda nafaqat harbiy tayyorgarlik, balki qishloq xoʻjaligining eng daromadli va zamonaviy yoʻnalishlaridan biri boʻlgan «Issiqxona polizchiligi» hamda «Issiqxonani tashkil etish va yetishtirish» fanlari boʻyicha amaliy bilimlarni puxta egallamoqdalar.
✨ Darslar davomida harbiylar:
Zamonaviy gidroponika va issiqxona tizimlari bilan tanishdilar;
Ochiq va yopiq maydonlarda poliz ekinlarini parvarishlash sirlarini oʻrgandilar;
Axborot-kutubxona markazida soha boʻyicha eng soʻnggi adabiyotlarni mutolaa qildilar.
💪 Harbiylarimiz har bir jabhada yetakchi va namuna!
🇺🇿 Sirdaryo tuman texnikumi — Kelajak kasblari sari ilk qadam!
