🏛 Sirdaryo tuman texnikumi Kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarning maroqli hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16–17-aprel kunlari qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga ziyorat tashkil etildi.
Xodimlarimiz ikki guruhga bo‘lingan holda sayohatga yo‘l oldilar:
🗓 1-guruh: 16-aprel kuni;
🗓 2-guruh: 17-aprel kuni.
Ziyorat davomida jamoamiz a’zolari Imom al-Buxoriy, Registon maydoni, Bibixonim maqbarasi, Shohizinda, Go‘ri Amir, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi hamda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning xonadonlarini ziyorat qilib, ulkan ma’naviy quvvat oldilar.
Bunday tadbirlar jamoada o‘zaro ahillikni va ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
