Har chorshanba — «Sport kuni» munosabati bilan pedagog-o‘qituvchilarimiz Sirdaryo tumanida joylashgan harbiy qismga taklif etildilar.
Harbiylar va ustozlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu sport tadbiri juda qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi:
🏐 Texnikum xodimlari va harbiy xizmatchilar jamoalarga bo‘lingan holda voleybol maydonida o‘zaro kuch sinashdilar ;
🎯 Har bir ochko uchun kechgan murosasiz jarayonlar ;
🧠 Nafaqat jismoniy, balki intellektual salohiyat ham sinovdan o‘tkazilib, shashka taxtasi ortida qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi ;
🏓 Chaqqonlik va yuqori reaksiya talab etuvchi tennis bahslari ham barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi .
Ustozlarimizga mehmondo‘stlik ko‘rsatgan harbiy qism jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz! 🤝🇺🇿

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *