🇺🇿 Sirdaryo tumanidagi harbiy qismlardan birida o‘tkazilgan «Ochiq eshiklar» kuni texnikumimizning o‘qituvchi va xodimlari uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.
Tadbir davomida pedagoglarimiz harbiylarning kundalik hayoti, jangovar shayligi hamda maxsus texnikalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi:
🛞 Jamoamiz a’zolari zamonaviy harbiy transport vositalarini qiziqish bilan ko‘zdan kechirishdi hamda ularni boshqarish hissini tuyib ko‘rishdi;
🧯 Askarlarimiz tomonidan yong‘in xavfsizligi va maxsus qutqaruv anjomlaridan foydalanish qoidalari yuzasidan amaliy tushunchalar berildi ;
🎖 Harbiy liboslar, maxsus nimcha va anjomlarning xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar o‘rtoqlashildi ;
🎯Pedagog-xodimlarimiz qurol-aslahalarni ko‘zdan kechirib, nishonni aniq olish sirlarini amalda sinab ko‘rishdi .

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *