Sirdaryo tuman texnikumining «Agronomiya» (08-11) dual taʼlim yoʻnalishi oʻquvchilari — Tishlikboyev Mahmud, Jiyanova Nigora, Isayev Zafar va Nurqobilov Bunyodlar ayni kunlarda oʻzlariga biriktirilgan fermer xoʻjaliklarida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashmoqda.
Dual taʼlim tizimining afzalligi shundaki, bo’lajak agronomlarimiz bilim yurtida olgan nazariy bilimlarini bevosita dalada, real ish jarayonida mustahkamlamoqdalar. Ular ekinlarni parvarishlash, yer holatini o’rganish va zamonaviy agrotexnik tadbirlarni qo’llash sirlarini tajribali dehqon hamda mutaxassislar ko’magida o’rganishmoqda.

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *