Sirdaryo tuman texnikumining “Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” yoʻnalishi oʻquvchilari hududdagi turli ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlarida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtamoqdalar.
⚙️ Jarayon davomida bo’lajak mutaxassislar elektr jihozlari va tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish, ularni sozlash hamda bevosita ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish boʻyicha zaruriy koʻnikmalarni shakllantirishmoqda.
📍 Bugungi amaliyot jarayonlari tumandagi suv iste’molchilari uyushmalaridan birida tashkil etilib, unda o‘quvchilar «ustoz-shogird» an’anasi asosida tajribali mutaxassislar nazorati ostida transformatorlar va suv nasoslarini sozlash ishlarini o’rganmoqdalar.
📚 Nazariya va amaliyot uygʻunligi — sifatli taʼlim garovi!

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *