2026 yil 24 aprel kuni Sirdaryo tumani texnikumida nuroniy ustozlar, faxriy bitiruvchilar va yoshlar ishtirokida «Uch avlod uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat Nuroniylar kengashi raisi O‘tbosar ota Abdiyev, tuman kengashi raisi Rasul ota Veysalov, Ozarbayjon milliy markazi rahbari Aziz Bayramov hamda faxriy ustoz Sulton ota Hakimovlar talabalarga o‘zlarining hayotiy tajribalari va shirin xotiralarini so‘zlab berdilar.
🎤 Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv yoshlar uchun haqiqiy namunaga aylandi. Tadbir viloyat TV va OAVda keng yoritildi.
