🚫 Sirdaryo tuman texnikumida «Giyohvandlikka qarshi kurash» chellenjiga start berildi!

🗓 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan texnikumimizda «Giyohvandlikka qarshi kurash — barchamizning mas’uliyatimiz» mavzusida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir va ijtimoiy chellenj bo‘lib o‘tdi.
👥 Chellenjda texnikum rahbariyati, o‘qituvchilar va yoshlar birlashib, asr vabosiga aylangan zararli odatlarga qarshi o‘zlarining qat’iy pozitsiyalarini namoyish etishdi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida sport musobaqalari va kutubxonada kitobxonlik targ‘iboti tashkil etildi.
📸 Ishtirokchilar «Biz giyohvandlikka qarshimiz!» va «Yoshlar kelajagi uchun birlashaylik!» shiorlari ostida maxsus targ‘ibot plakatlari bilan chiqish qilib, barcha tengdoshlarini ushbu sog‘lom turmush tarzi chellenjiga qo‘shilishga chorladilar.
💪 Biz sog‘lom kelajak tarafdorimiz! Safimizga qo‘shiling!

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *