Joriy yilning 29 sentyabr kuni Sirdaryo tuman texnikumda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash va bilim darajasini oshirish maqsadida navbatdagi qizg‘in “Zakovat” o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvda “Avtoservis” 4-26 guruh hamda “Asalarichi ”5-26 guruh yo‘nalishlari jamoalari kuch sinashdilar. Murosasiz kechgan savol-javoblar yakuniga ko‘ra, yuqori bilimi va chaqqonligi bilan “Asalarichi ” yo‘nalishi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi! 🏆🎉
G‘olib jamoani samimiy muborakbod etamiz va har ikki guruhga faol ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz!
