🎓 4-mavzu: “Ustozlik – jamiyat va kelajak oldidagi buyuk missiya”
🏛 Joriy yilning 28 sentyabr kuni Sirdaryo tuman texnikumida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot davomida ustozlik kasbining sharafli va mas’uliyatli qirralari, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni hamda jamiyat ravnaqiga qo‘shadigan buyuk hissasi haqida atroflicha so‘z yuritildi.
O‘quvchi-yoshlar ustozlarga bo‘lgan hurmat-ehtirom, bilim va hunar egallashning ahamiyati bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, samimiy muloqotda faol ishtirok etishdi.
✨ Har bir ustoz — kelajak bunyodkori, har bir saboq — taraqqiyot poydevoridir!
