Joriy yilning 24-sentyabr kuni Sirdaryo tuman texnikumida Sirdaryo viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi texnikumlarda 2026/2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan rejaga muvofiq “Hayot faoliyati xavfsizligi” hamda “Yong‘in xavfsizligi va uning oldini olish chora-tadbirlari” mavzularida navbatdagi o‘quv-amaliy (taktik) mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-amaliy mashg‘ulotni texnikum bo‘lim boshlig‘i M. Shakarov, CHKBT rahbari I. Faxriyev, texnikum hamshirasi G. Bazarova hamda maxsus fan o‘qituvchisi F. Qarshiyevalar hamkorlikda tashkil etdilar va o‘tkazdilar.
Tadbir davomida favqulodda vaziyatlar yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘quvchi va xodimlarni xavfsiz hududga tezkor evakuatsiya qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda boshlang‘ich yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish ko‘nikmalari amalda ko‘rsatib berildi
.

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *