Joriy 22-sentyabr kuni Sirdaryo tuman texnikumining faollar zalida «Traktorlar va agrotexnikalar mashinisti» yo‘nalishi 06-26-guruh o‘quvchilarining ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda texnikumning O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Umarqulov, bo‘lim boshlig‘i M.Shakarov, guruh rahbari F.Jabbarova hamda o‘qituvchi A.Yo‘ldoshevlar ihtirok etishdi.
Yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
O‘quvchilarning darslarga qatnashishi va davomati;
O‘quv intizomi hamda texnikum ichki tartib-qoidalariga rioya etilishi;
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish;
Ota-onalar va texnikum o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash.

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *