📱 Internetda plastik karta maʼlumotlaringiz oʻgʻirlansa yoki shaxsiy sahifangizga kiberhujum uyushtirilsa, nima qilasiz?
🏢 Joriy yilning 22-sentyabr kuni Sirdaryo tuman texnikumida “Digital Rights Week” haftaligi doirasida keys-stadi usulida “Mening huquqim buzilganda” nomli simulyatsion mashgʻulot oʻtkazildi.
⚙️ Mashgʻulot davomida oʻquvchilar real vaziyatlarni tahlil qildilar: 1️⃣ Sohta akkauntlar va kiberbullingga uchraganda huquqiy himoya olish; 2️⃣ SMS-kod va shaxsiy parollarni firibgarlardan himoya qilish; 3️⃣ Raqamli maydonda huquqlar buzilganda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tartibi.
✨ Jamoaviy ish va bahs-munozaralarga boy oʻtgan mashgʻulotda oʻquvchilar oʻz savollariga aniq huquqiy va tehnik yechimlar olishdi.

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *