Sirdaryo tuman texnikumida «Siyosiy-maʼrifiy soat» va odob-axloq targʻiboti boʻlib oʻtdi
🏛 Joriy yilning 18-sentyabr kuni Sirdaryo tuman texnikumining Faollar zalida oʻquvchi-yoshlar uchun navbatdagi «Siyosiy-maʼrifiy soat» hamda odob-axloq va kiyinish madaniyatiga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi.
➡️Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar bilan birga, texnikumning ichki tartib-qoidalari, oʻquvchilarning odob-axloq kodeksi, kiyinish va muomala madaniyati hamda kiberfezo va ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Oʻquvchi-yoshlarga yuksak maʼnaviyatli, tartib-intizomli va oʻz kasbining mohir egasi boʻlib yetishish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.
