Joriy yilning 11-sentabr kuni Sirdaryo tuman texnikumining Axborot-resurs markazida «Kompyuter texnikasi montajchisi» yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan harbiy xizmatchilar uchun navbatdagi imtihon sinovlari boʻlib oʻtdi.
Axborot-resurs markazida oʻtgan ushbu jarayonda tinglovchilar kompyuter texnikasining tuzilishi, nosozliklarni bartaraf etish hamda dasturiy taʼminot bilan ishlash boʻyicha egallagan bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazishdi. Imtihonlar yuqori saviyada va shaffof tarzda tashkil etildi.
Bilim va mahoratini namoyish etgan barcha harbiylarimizga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz!

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *