«Kompyuter texnikasi montajchisi» yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan harbiy xizmatchilar uchun 10 sentyabr kuni navbatdagi amaliy imtihon sinovlari bevosita harbiy qismning oʻzida oʻtkazildi.
Sinov davomida tinglovchilar kompyuter qurilmalarini yigʻish, nosozliklarni aniqlash hamda texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha egallagan bilim va mahoratlarini amalda namoyish etishdi. Imtihon jarayoni shaffof va yuqori saviyada tashkil etildi.
Yangi mutaxassislikni egallagan harbiylarimizga kelgusi xizmat va faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *