🎓 Sirdaryo tuman texnikumida Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026–2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan «Bilimlar kuni» tantanali tadbiri o‘tkazildi.
🎤 Tadbirda Sirdaryo tuman texnikumi direktori M.Xudoynazarov so‘zga chiqib, avvalo, barcha o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy
tabrikladi.
🟢Tadbir boshida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga, ta’lim ahli hamda aziz o‘quvchi-yoshlarga yo‘llagan bayram tabrigini tantanali ravishda o‘qib eshittirdi.
🌟 Barcha o‘quvchilarimizga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, chuqur bilim va tanlagan kasblarining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlarini tilaymiz!
🎉 Yangi o‘quv yili va Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
