Sirdaryo tuman texnikumiga harbiylar tashrif buyurishdi.
2026 yil 24 iyun kuni Sirdaryo tumanida joylashgan harbiy qism askarlari va mas’ul xodimlari Sirdaryo tuman texnikumiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida yurtimiz himoyachilari texnikumda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalari va zamonaviy jihozlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, askarlar maxsus o‘quv simulyatorlari (masalan, haydovchilik o‘quv trenajyorlari) hamda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi xonalaridagi ko‘rgazmali qurollarni qiziqish bilan ko‘zdan kechirishdi .
Ushbu uchrashuv yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yurt tinchligi — mardlar burchi!
