Navbatdagi xalqaro g‘alaba! Oʻquvchimizni tabriklaymiz!

Yurtimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlarni sportga keng jalb etish borasidagi islohotlar o‘z mevasini berishda davom etmoqda.
Joriy yilning 1–5-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli «TURON WORLD CUP 2026» Jahon kubogi musobaqasida texnikumimiz faxri — O‘ng‘alboyev Farrux munosib ishtirok etdi.
🔥 U17 yosh toifasida, 65 kg vaznda hamda «B» kategoriyasida bahs olib borgan hamyurtimiz kuchli raqiblar bilan bellashib, faxrli Bronza medalini 🥉 qo‘lga kiritdi!
Ushbu yuksak natija bilan O‘ng‘alboyev Farruxni, uning ustozlari va yaqinlarini chin qalbdan muborakbod etamiz! Xalqaro maydonlarda yurtimiz va maskanimiz bayrog‘ini bundan-da baland ko‘tarishiga tilakdoshmiz.
Sportchimizga keyingi bahslarda ham faqat zafarlar yor bo‘lsin!

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *