Quvonarli xushxabar!

Sirdaryo tuman texnikumi oʻquvchisi Shavkatova Dilnura Qirgʻizistonda boʻlib oʻtgan «Pearl of Kyrgyzstan» xalqaro sport oʻyinlari doirasidagi «Jang San’ati» boʻyicha Osiyo Kubogida munosib ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni egalladi!
Dilnura barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medal hamda maxsus chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi va yurtimiz bayrogʻini baland koʻtardi! 🇺🇿✨
Ushbu yuksak gʻalaba bilan Dilnurani, uning ota-onasi va ustozlarini chin qalbdan muborakbod etamiz! Kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar yor boʻlishini tilab qolamiz!
Biz siz bilan faxrlanamiz, Dilnura! 🏆💪

 

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *