🏆 Sirdaryo tuman texnikumda har chorshanba kuni «Sport kuni»:
2026 yil 17 iyun kuni Sirdaryo tuman texnikumida xodimlar oʻrtasida qizgʻin musobaqalar boʻlib oʻtdi!
Sirdaryo tuman texnikumida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va jamoada doʻstona muhitni yanada mustahkamlash maqsadida xodimlar hamda pedagoglar oʻrtasida «Sport kuni» doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Kundalik ish faoliyatidan biroz uzilgan holda, oʻzaro hamjihatlik va murosasiz kurashlarga boy oʻtgan ushbu sport kunida xodimlar quyidagi turlar boʻyicha kuch sinashdilar:
🏐 Voleybol ;
♟ Shaxmat va Shashka ;
🏓 Stol tennisi – chaqqonlik va yuqori diqqat-eʼtibor mahorati.
🌟 Bizning safimizda boʻling va jamoamiz muvaffaqiyatlarini kuzatib boring!
