Sirdaryo tuman texnikumining “Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” yoʻnalishi oʻquvchilari turli ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlarida amaliyot oʻtash orqali kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirmoqdalar.
🔹 Amaliyot jarayonida oʻquvchilar elektr jihozlari va tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish, ularni sozlash hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish boʻyicha amaliy tajriba orttirmoqdalar.
📍 Bugungi amaliyot manzillaridan biri — Sirdaryo tumanidagi “Karimov” SIU bo‘lib, bu yerda Erbo‘tayev H. amaliyot faoliyatini olib bormoqda.
Bunday amaliy mashgʻulotlar oʻquvchilarning kelgusida malakali mutaxassis boʻlib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
📚 Nazariya va amaliyot uygʻunligi — sifatli taʼlim garovi!

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *