Darslar harbiy qism xonalarida qizg‘in davom etmoqda!
Sirdaryo tumani texnikumi pedagoglari tumanimizdagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilarga Prezidentimizning PQ-134-sonli qarori asosida kasb-hunar sirlarini o‘rgatishmoqda. Usbu tizim askarlarga harbiy burchini o‘tash bilan birga, kelajak uchun muhim mutaxassisliklarni egallash imkonini beryapti!
5 iyun kuni o‘tilgan mashg‘ulotlar va ustozlar:
💰 Buxgalteriya hisobi nazariyasi — Yoʻldosheva O.
📊 Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari — Raxmanov X.D.
🌿 Issiqxona ishchisi — zamonaviy agrotexnologiyalar va issiqxona xo‘jaligi (O‘qituvchi: Norbayeva S.)Ustozlarimiz har bir askarga mavzularni amaliy misollar bilan, qiziqarli tarzda tushuntirib berishmoqda.🚀 Maqsadimiz: Bilimli, kasb-hunarli va yurtga sodiq yoshlarni tarbiyalash!
