📅 2026-yil 25-may kuni Sirdaryo tuman texnikumi rahbariyati va pedagoglar jamoasi tumandagi maktab bitiruvchilarining quvonchli kunlarida hamroh boʻlishdi.
Texnikum direktori Rahmanov Husniddin Davrievich, direktor o‘rinbosarlari hamda fidoyi o’qituvchilarimiz tumandagi 1, 2, 9,11. 12, 21, 34 va 41-sonli maktablarda boʻlib oʻtgan “Bitiruv kechasi” tadbirlarida ishtirok etdilar.✨
📌 Tadbir davomida:
Maktab bitiruvchilariga kelajakda zamonaviy va daromadli kasb egalari boʻlishlari uchun texnikumimizda yaratilgan keng sharoitlar;
Ta’lim yoʻnalishlari va zamonaviy laboratoriyalar;
Talabalar uchun beriladigan imtiyozlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🎓 Barcha bitiruvchi yoshlarimizga mustaqil hayot yoʻlida ulkan zafarlar tilaymiz! Kelajagingizni biz bilan birga quring!
