2026 yil 20-may kuni Sirdaryo tuman texnikumi Axborot-resurs markazida (ARM) pedagog-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida yangi, qimmatbaho adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni kutubxonachi I. Abdullayeva ochib berdi. U yig‘ilganlarga kutubxona fondidan joy olgan, jahon muzeylarida saqlanayotgan tariximizni aks ettiruvchi muhtasham «O‘zbekiston madaniy merosi» turkumidagi yirik va noyob kitoblar kolleksiyasini yuqori saviyada taqdimot qilib berdi.
Shuningdek, texnikumimizning ishlab chiqarish ta’limi ustasi A. Usmonov tomonidan taqdim etilgan «Avtomobil tyuningi» kitobi ham barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Taqdimot davomida ushbu qo‘llanmaning zamonaviy avtomobillarga ishlov berish sirlari hamda talabalar uchun amaliy ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Mutolaa — bilim asosi!
