Sirdaryo tumani texnikumining 12 nafar pedagoglari tumanimizdagi harbiy qismga tashrif buyurib, bevosita harbiy qism o‘quv xonalarida muddatli harbiy xizmatchilarga dars o‘tishmoqda.
Prezidentimizning PQ-134-sonli qarori asosida yo‘lga qo‘yilgan ushbu tizim askarlarimizga harbiy burchlarini o‘tash bilan bir vaqtda kelajak uchun muhim kasb sirlarini o‘rganish imkonini beryapti.
🗓 13-may kuni shinam xonalarda o‘tilgan mashg‘ulotlar:
💰 Buxgalteriya — moliyaviy savodxonlik va hisob dasturlari.
🖥 IT-servis — kompyuter xonalarida texnik xizmat ko‘rsatish sirlari.
🌿 Issiqxona ishchisi — zamonaviy agrotexnologiyalar va issiqxona xo‘jaligi.
Ustozlarimiz har bir askarga mavzularni amaliy misollar bilan, qiziqarli tarzda tushuntirib berishmoqda.
🚀 Maqsadimiz: Bilimli, kasb-hunarli va yurtga sodiq yoshlarni tarbiyalash!
