⚡️2026 yil 5-may kuni — “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan poytaxtimizdagi “Alpomish” muz saroyida tashkil etilgan Kasblar festivali Sirdaryo tuman texnikumi uchun unutilmas voqealarga boy bo‘ldi.
Mazkur nufuzli tadbirda texnikumimiz rahbariyati va iqtidorli o‘quvchilari birgalikda ishtirok etishdi.
🔹 O‘quvchilarimiz uchun nima berdi?
Festival doirasidagi haqiqiy kasblar yarmarkasi va mahorat darslari yoshlarimizga kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilab olishga yordam berdi. Ular real ish beruvchilar va zamonaviy texnologiyalar bilan bevosita tanishdilar.
🔹 Madaniy hordiq: Tadbirdan so‘ng rahbariyat va o‘quvchilarimiz Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylarini sayr qilib, jamoaviy ruhni mustahkamladilar. Ushbu safar nafaqat bilim, balki ko‘tarinki kayfiyat ham bag‘ishladi.
“Kelajagingiz sari muhim qadamni biz bilan birga tashlang!”

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *