Prezidentimizning 2026-yil 7-apreldagi PQ-134-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Sirdaryo tumanida muhim tashabbusga qo‘l urildi.
✅ 1-may sanasidan boshlab tuman hududidagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar uchun maxsus o‘quv kurslari start oldi.
Jarayon haqida qisqacha:
Yo‘nalishlar: Askarlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, eng talabgir 4 ta kasb tanlab olindi.
Guruhlar: Tinglovchilar 4 ta guruhga bo‘lingan holda tahsil olmoqda.
Ustozlar: Mashg‘ulotlarga Sirdaryo tumani texnikumining 12 nafar eng malakali pedagog va maxsus fan o‘qituvchilari jalb etilgan.
🛡 Harbiy xizmat davomida nafaqat Vatanni himoya qilish, balki zamonaviy kasb-hunarlarni egallash — askarlarimizning kelajakdagi fuqarolik hayotida munosib o‘rin topishlariga xizmat qiladi.
