📌 Joriy yilning 28-aprel kuni Kasbiy ta’lim agentligi hamkorligida Sirdaryo viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi texnikumlarning «Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi» bosh mutaxassislari uchun masofaviy o‘quv seminari tashkil etildi.
🚀 Seminarning asosiy maqsadi:
Bosh mutaxassislarning lavozim majburiyatlari va vazifalarini atroflicha tushuntirish;
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning zamonaviy omillari bo‘yicha tajriba almashish.
Boshqarma mas’ul xodimi A.Umaraliyev tomonidan tashkil etilgan ushbu muloqotda viloyatdagi barcha texnikumlarning mutaxassislari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish va sifat nazoratini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
✅ Sifatli ta’lim — porloq kelajak poydevori!

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *