2026 yil 21-aprel kuni Sirdaryo tuman texnikumi Axborot-resurs markazida o‘quvchi-yoshlar uchun muhim uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda sohaga mas’ul rahbarlar:
👤 Fayzullayev Zayniddin — O’zbekiston fermerlar kengashi raisining o’rinbosari;
👤 Bekkulov Niyatjon — Sirdaryo tuman fermerlar kengashi raisi ishtirok etishdi.
Muloqot davomida yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktabrdagi qarori mazmun-mohiyati va unda belgilangan imkoniyatlar atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, talabalarning qishloq xo‘jaligi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, sohadagi yangiliklar borasida ochiq muloqot o‘tkazildi.
💡 Maqsad — yoshlarni zamonaviy islohotlar bilan tanishtirish va ularning kasbiy mahoratini yuksaltirish.
