🏛
Amir Temur nafaqat yirik saltanat asoschisi, balki o‘rta asrlar uyg‘onish davrining eng yirik homiysi hisoblanadi. U barpo etgan davlat tizimi va «Temur tuzuklari» bugun ham siyosatshunoslik va boshqaruv san’atining noyob durdonasidir.
🔹 Adolat — davlat poydevori.
🔹 Bunyodkorlik — millat kuchi.
🔹 Ilm-ma’rifat — taraqqiyot garovi.
Sohibqiron bobomizning buyuk merosi har bir yurtdoshimiz qalbida iftixor tuyg‘usini uyg‘otib, yurtimiz ravnaqi yo‘lida yangi zafarlarga undayveradi.
