Joriy yilning 6–9-aprel kunlari Farg‘ona viloyatida sportning Turon turi bo‘yicha U-17 (17 yoshgacha) o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqada Sirdaryo tuman texnikumi o‘quvchilari munosib ishtirok etishdi:
🥉 O‘ng‘alboyev Farrux — 65 kg vazn toifasida o‘zining mahorati va shijoatini ko‘rsatib, faxrli 3-o‘rinni egalladi!
Shuningdek, ushbu chempionatda texnikumimizning yana bir faol sportchisi Kattaboyev Maqsudbek ham munosib ishtirok etib, tajriba to‘pladi.
Azamat yoshlarimizni ushbu yutuqlar bilan qutlab, kelgusi musobaqalarda yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishlarini tilaymiz! 🥊🇺🇿
