2026 yil 6 aprel kuni Sirdaryo tuman texnikumining sport saroyida yoshlar o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha qizg‘in musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat. Shiddatli va murosasiz kechgan bahslarda mahoratli sportchi yoshlar o‘zlarining chaqqonliklari va professionalliklarini namoyish etdilar.
🏆 G‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz!
