Sirdaryo tuman texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi Komilova Feruza Maxammat qizi tomonidan o‘ziga xos ekologik tajriba yo‘lga qo‘yildi. Bilim maskanimizda nafaqat nazariy bilimlar, balki mana shunday amaliy tashabbuslar ham qo‘llab-quvvatlanadi.
Hozirda o‘qituvchimizning ish xonasida, tuvak ichida kashtan daraxti parvarish qilinmoqda. Bu mitti nihol quyosh nuri va mehr bilan kuchga to‘lib, ertaga texnikumimiz bog‘iga ko‘chirib o‘tkaziladi hamda u yerda viqorli daraxtga aylanadi.
Har bir ekilgan ko‘chat — kelajak uchun qo‘yilgan poydevordir!
