🎰2026-yil 30-mart kuni texnikum Axborot-resurs markazida oʻquvchi-qizlar ishtirokida «Odob-axloq — qiz bolaning ziynati» hamda «Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari» mavzularida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda quyidagi mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar:
✅ O‘raqbayeva M. — Texnikum psixologi;
✅ Bazarova G. — Texnikum hamshirasi;
✅ Aliyeva Dilfuza — «Ilg‘or» MFY xotin-qizlar faoli.
Uchrashuv davomida qizlarning jamiyatdagi o‘rni, kiyinish va muloqot madaniyati hamda erta turmushning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri haqida hayotiy misollar bilan tushuntirishlar berildi.
Oʻquvchi-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
📍 Sirdaryo tuman texnikumi ARM
