⚡️2026 yil 24-mart kuni texnikumimiz hovlisi haqiqiy bayram maydoniga aylandi. Milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi Navro‘zi olam munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbir barcha ustoz va talabalarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.
✈️Tadbir dasturidan o‘rin olgan yorqin lahzalar:
✅ Talabalar tomonidan tayyorlangan milliy kuy-qo‘shiqlar va jozibali raqslar;
✅ Milliy liboslar va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi;
✅ Bahoriy taomlar — sumalak va halim bazmi;
✅ Sportning milliy turlari bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar.
✨ Navro‘z — bu mehr-oqibat, hamjihatlik va yangi marralar bayramidir. Ushbu yangi kun barchamizga qutlug‘ kelsin!
