⚡️ 2026 yil 13-14-mart — umumxalq xayriya hashari kunlari munosabati bilan ,texnikumimiz hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🏖Hashar jarayonida:
Hududimizni yanada yashil maskanga aylantirish maqsadida o‘nlab turdagi manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi;
🏖Gulzorlar yangi bahoriy gullar bilan bezatildi;
Atrof-muhit tozaligi va tartib-intizom ta’minlandi.
✅Ushbu hashar orqali biz nafaqat texnikumimizni obod qildik, balki yoshlarimizda tabiatga bo‘lgan mehr va mehnatsevarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladik. Har bir ekilgan nihol — kelajak uchun qo‘yilgan yashil qadamdir! 🌱
⬅️Yashil kelajak uchun birgalikda hashar!
