Joriy yilning 7-iyul kuni Sirdaryo tuman texnikumiga Toshkent davlat agrar universitetidan bir guruh taniqli olimlar va soha mutaxassislari tashrif buyurishdi. Nufuzli mehmonlar tarkibida quyidagi olimlarimiz bor edi:
👨‍🔬 Boboyev Sayfulla G‘ofurovich – Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor;
👨‍🔬 Axmurzayev Shavkat Isakovich – Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor;
👨‍🔬 Raximov Avazbek Xolmamatovich – Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent;
👨‍🏫 To‘ramurodov Husniddin Asliddin o‘g‘li – Assistent.
Tashrif davomida ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish, texnikum talabalariga zamonaviy agrar bilimlarni yetkazish hamda kelgusidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari borasida atroflicha fikr almashildi.
Ushbu uchrashuv texnikumimiz hayotida ilm-fan salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz.

От Admin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *