20-may kuni Sirdaryo tuman texnikumida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarning salomatligini mustahkamlash hamda jamoada o‘zaro birdamlik muhitini yanada kuchaytirish maqsadida “Chorshanba sport kuni” munosabati bilan sport musobaqalari tashkil etildi.
Texnikumimizning pedagog va ishchi-xodimlari quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar:
🏐 Voleybol — jamoaviy birdamlik va shiddatli bahslar;
🏓 Stol tennisi — chaqqonlik va yuqori reaksiya;
♟ Shaxmat va shashka — intellektual salohiyat hamda chuqur strategiya sinovi.
Kundalik ish faoliyatidan tashqari tashkil etilgan ushbu sport tadbiri jamoamizga yuqori kayfiyat va qo‘shimcha energiya bag‘ishladi.
Sog‘ tanda — sog‘lom aql! Jamoamiz xodimlariga faolliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va ish faoliyatlarida zafarlar tilaymiz!
